Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nagoya iqtisodiyot universiteti O‘zbekistonda o‘z kampusini ochadi
11:56 / 2022-04-30

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi xodimlari Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti Saburi Xaruo, professor-o‘qituvchilar va ushbu oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Janob Xaruo bilan muloqotda alohida sheriklik o‘rnatishga qiziqish bildirildi. Qayd etilishicha, hozir Nagoya iqtisodiyot universitetida 29 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Bundan tashqari, ushbu muassasa Toshkentdagi Iqtisodiyot, Yuridik, Sharqshunoslik, Jahon tillari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlari bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘ygan.

- Biz O‘zbekistonda kampus ochishga tayyormiz, - dedi Saburi Xaruo. - Ayni payt ushbu loyiha konsepsiyasi ustida qizg‘in ish olib borilmoqda. Shuningdek, Yaponiyadan 15 professor va 50 talabani qisqa muddat O‘zbekistonga yuborish dasturi ishlab chiqilishi hamda ikki davlat universitetlari rektorlarining navbatdagi forumi o‘tkazilishini ham qo‘llab-quvvatlaymiz.

O‘zbekiston diplomatlarining Nagoya iqtisodiyot universitetida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan alohida muloqoti ham tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarga oid davlat siyosati, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvatlash bo‘yicha olib borilayotgan e’tiborga molik ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

O‘zA