Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nafsiga “quloq tutgan” giyohfurush
11:38 / 2022-10-10

Giyohvandlik bugungi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan biri. Shu bois mamlakatimizda giyohvand moddalarning tarqalishi va ular ustidan nazorat o‘rnatish borasida keskin va murosasiz yo‘l tanlangan. Huquqni muhofaza qilish organlari giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish, narkotik moddalar iste’mol qilishning ayanchli oqibatlari haqida fuqarolarni xabardor etishga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot ishlarini bir zum bo‘lsa-da susaytirgani yo‘q. Lekin shunga qaramay qabih niyatlarini amalga oshirayotgan og‘ufurushlar, uni saqlab kelayotganlar ham uchrab turadi.

Buxoro viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qorako‘l tumani “Mallaishayx” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro B.B. o‘z yashash xonadonida 10 dona gugurt qutisiga qadoqlangan holdagi, quritilgan, tarkibida faol giyohvandlik vositasi-tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan, sof vazni 28.63 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelganligi aniqlangan. Shuningdek, uni qonunga xilof ravishda 5 million 400 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Vijdonga emas nafsga quloq tutish evaziga bugun ushbu insonning boshi egik. Farzandlarining esa ko‘zida yosh. Giyohvand modda savdosidan mo‘may daromad ko‘zlashdan avval u jinoyatga yetaklovchi illat ekanligini vaqtida anglaganida edi, balki hozir tergov xonalarida emas, balki oilasi davrasida vaqt o‘tkazayotgan bo‘lardi.

Zarif Komilov, O‘zA