FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Uzoq yillar turli sohalarda fidoyi mehnat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy onaxonlar, davlat xizmatchilari, ijtimoiy sohalar vakilalari-yu tadbirkor opa-singillarimizga bayram bahona ehtirom ko‘rsatildi.
Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani xususida so‘z yuritdi.
[gallery-16269]
Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning tegishli farmon hamda qarorlari ijrosi doirasida viloyatda ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan jami 150 nafar talaba xotin-qizga jami 1 milliard 61 million so‘m kontrakt pullari to‘lab berildi. Shuningdek, o‘tgan 2023-yil davomida oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida 126 nafar va mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5-yil ish stajiga ega bo‘lgan 27 nafar ehtiyojmand xotin-qizning o‘qishga kirishi ta’minlandi. Boquvchisi bo‘lmagan, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj hamda qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Uy joyga muhtoj 895 nafar xotin-qizning 771 nafari uy-joy bilan ta’minlandi. Bu ezgu ishlarning davomi sifatida “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun viloyatdagi og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlarning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida ikkilamchi bozordan sotib olingan uy-joylarga 24 nafar xotin-qizlar joylashtiriladi.
Tadbirda 18 nafar xotin-qizga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni, viloyat hokimining “Faxriy yorliq” hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bahor va ayollarni, ona yurtimizni madh etuvchi dilrabo kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar bayram tadbiriga o‘zgacha fayz kiritdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA