Nafosat Qoziyeva ham muvaffaqiyatli start oldi
Malayziyaning Nilay shahrida velotrek bo‘yicha o‘tkazilayotgan "ASEAN TRACK SERIES" musobaqasining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga 1 tadan oltin va bronza medali qo‘shildi.
Turnirning ayollar o‘rtasidagi “elimination” dasturida ishtirok etgan milliy terma jamoamiz a’zosi Nafosat Qoziyeva poygani uchinchi o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida "omnium" bo‘yicha bellashuvlarda Sergey Rostovsev barcha raqiblarini ortda qoldirdi va birinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, 11 yanvarga qadr davom etadigan ushbu musobaqa joriy yilning mart oyida Avstraliyaning Pert shahrida bo‘lib o‘tadigan trek bo‘yicha jahon kubogiga saralash bosqichi hisoblanadi.
Shuningdek, jahon kubogi bosqichlarida jamg‘arilgan reyting ochkolari trek yo‘nalishi bo‘yicha oktyabr oyida Xitoyning Shanxay shahrida o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanma taqdim etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA