Nafislik va mahorat bellashuvi (video)
Navoiy viloyatida sportning nafis turi – badiiy gimnastikani qizlar o‘rtasida ommalashtirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat markazidagi gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida badiiy gimnastika bo‘yicha «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-24678]
Nafis harakat va yuksak mahorat uyg‘unligini namoyish etgan ishtirokchi qizlar orasidan g‘oliblarni aniqlash oson kechmadi. Yakuniy natijaga ko‘ra, birinchi o‘rinni Navoiy shahridan Sevinch Mo‘minova, ikkinchi o‘rinni Elvina Bektemirova va uchinchi o‘rinni Tatyana Rodionova egalladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/IHkr1Lr6lb8?si=n3ijhG9BuZqpTEb8" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Siroj ASLONOV(surat,video),O‘zA