English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nafislik va epchillik bahsi
16:48 / 2016-05-27

Poytaxtimizdagi «Kamolot» sport salomatlik majmuasida 2003-2010-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha «Kamolot» kubogi xalqaro turniri boshlandi.

Poytaxtimizdagi «Kamolot» sport salomatlik majmuasida 2003-2010-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha «Kamolot» kubogi xalqaro turniri boshlandi.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan yuzdan ziyod gimnastikachi o‘zaro kuch sinashmoqda.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida badiiy gimnastika ham tobora ommalashib borayotgani ta’kidlandi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilayotgan “Kamolot” malikasi”, “Kamolot” nihollari”, “Kamolot” g‘unchalari”, “Kamolot” shaxmat taxtasi”, badminton, karate bo‘yicha «Kamolot» kubogi, “Kamolot-tur” musobaqalari yoshlar, ayniqsa, qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

– Badiiy gimnastika qizlarni nafislikka, harakatlarini to‘g‘ri bajarishga o‘rgatadi, – deydi murabbiya Jamila Rahmatova. – Ushbu sport turi bo‘yicha musobaqalar muntazam o‘tkazilayotgani samarasida qizlarimizda badiiy gimnastika bilan shug‘ullanishga ishtiyoq ortib bormoqda.

Turnirda sportchilar «A» va «B» guruhlariga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Musobaqa davomida yoshlar uchun mahorat saboqlari o‘tkaziladi.