Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nafisa Sheripboyeva – Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari bronza medal sohibi!
13:35 / 2021-08-28

Hozirgina para dzyudo bahslarida ayollar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nafisa Sheripboyeva bronza medal uchun kechgan bahsda ispaniyalik Marta Archega qarshi tatamiga chiqdi.

Qiziqarli kechgan kurashda Sheripboyeva ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida g‘alaba qozondi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Ushbu natijadan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 10 taga yetdi: 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza.

O‘zA