Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nafisa Nabiqulova: “Bu mukofot nafaqat mening, balki barcha jizzaxlik sportchi yoshlarning xizmatlari uchun berilgan”
10:09 / 2023-07-03

Prezidentimizning “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” gi farmoniga ko‘ra yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

Ana shu yurtdoshlarimiz qatorida Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida tavallud topgan, “So‘g‘diyona – Woman” ayollar professional futbol klubi a’zosi Nabiqulova Nafisa O‘ktam qizining ham borligi yanada quvonarlidir.  

– Mening kamtarona mehnatlarimni yuqori baholab mukofot berilganidan behad mamnunman.  Bu nafaqat mening, balki “So‘g‘diyona-Woman” ayollar jamoasi murabbiylari, futbolchilari va qolaversa barcha jizzaxlik sportchi yoshlarning xizmatlari uchun berilgan baho deb o‘ylayman, – dedi Nafisa Nabiqulova.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevadan mukofotlarni qabul qilib olgan Nafisa Nabiqulova Jizzaxda munosib kutib olindi. Viloyat hokimligi, viloyat yoshlar va sport boshqarmasi, Yangiobod tumani hokimligi, “So‘g‘diyona –Woman” ayollar PFK jamoasi Nafisani muborakbod etib, uning kelgusi faoliyatida omad tilashdi.

A.QAYUMOV, O‘zA