Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nafaqadagi o‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi
12:30 / 2025-09-30

Sirdaryo viloyatida Ustoz va murabbiylar kuni hamda O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘KUF viloyat kengashi hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi hamkorligida ta’lim sohasi va kasaba uyushmalari tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan ustoz va faxriylarni qadrlash maqsadida maxsus tashriflar uyushtirildi.

Ushbu tashriflar doirasida 13 nafar mehnat faxriylarining uylariga borilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi, izzat-ikrom ko‘rsatildi.

– E’zoz va e’tibordan judayam xursandman, – deydi Guliston tumanida istiqomat qilayotgan 82 yoshli Yoqubjon ota Madaminov. – Mehnatlarim besamar ketmadi. O‘tgan yili mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandim. Hech bir zamonda keksalar, faxriylar biz kabi ardoqlanmagan.

Shuningdek, Oqoltin tumanida yashovchi Rustam To‘raqulov, Mirzaobod tumanida istiqomat qilayotgan Xamza Eshnazarov kabi ustozlar tashrif, bayram tabriklari va do‘stlar e’tiboridan behad xursand bo‘lishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA