Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nabiralarimning farovon kelajagi uchun ovoz berdim
10:46 / 2024-10-27

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi “Nuroniylar maskani” binosida joylashgan 1000-saylov uchastkasi erta tongdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovida munosib nomzodlarga ovoz berish istagida kelgan saylovchilar bilan gavjum.

– Bugun yurtdoshlarimiz, saylovga oid konstitutsiyaviy huquqini faol amalga oshirmoqda, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Ilyosbek Muhiddinov. –  Uchastkamizda ovoz berish uchun “Bozor Yaypan” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2029 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Ularning 43 nafari saylovda birinchi marta ovoz beradi. Ovoz berishni an’anaga ko‘ra oqsoqollar boshladi. Saylov uchastkasida saylovchilarning ovoz berishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

– Bugun rejalashtirgan ishlarimning eng dastlabkisi muhim siyosiy jarayonda ishtirok etish edi, – deydi 66 yoshli mehnat faxriysi Ismoiljon Maraimov. – Men yurtimiz ravnaqi, farzandlarimiz, nabiralarimiz ta’lim-tarbiyasi, kelajagi, hayotimiz bundan-da farovon bo‘lishi uchun jon kuydiradigan nomzodlarga ovoz berdim.

M.Sulaymonov, O‘zA