Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yanvar-oktyabr oylaridagi O‘zbekiston importining hajmi ochiqlandi
11:12 / 2020-11-24

2020 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston importining hajmi 16,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.

 O‘zbekiston eksportining 43,5% ulushini oltin tashkil qiladi.  

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil yanvar-oktyabr oylari davomidagi tashqi savdo aylanmasi haqidagi ma’lumotida ko‘rsatilgan.

 So‘nggi ikki oy davomida O‘zbekistondan oltin eksport qilinmagan bo‘lsa-da, jami 13,3 mlrd dollarni tashkil qilgan eksport hajmining 5,8 mlrd. dollar qismi oltin eksportiga tegishli.

  2018 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 15,1 foizga, 2019 yilda esa 28,1 foizga teng bo‘lgan.

 Yanvar-oktyabr oylari bo‘yicha O‘zbekiston importining hajmi 16,7 mlrd. dollarni tashkil qilib, shundan 25,3 mln. dollar oltin importiga to‘g‘ri keladi.