Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Myunxen anjumani Rossiya vakillarisiz o‘tadi
14:23 / 2022-02-10

"Rossiyalik rasmiylar Myunxenda bo‘lib o‘tadigan xavfsizlik bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etmaydi", dedi Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

"RIA Novosti" xabarida aytilishicha, u brifingda “Mahkama ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik rasmiylar 18-20 fevral kunlarida bo‘lib o‘tuvchi xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanida turli sabablarga ko‘ra ishtirok etmaydi”, deya ta’kidlagan.

Vakilning e’tiroficha, Myunxen anjumani xolisligi va inklyuzivligini yo‘qotib, borgan sari “transatlantik forum”ga aylanib bormoqda.
Avvalroq, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin mazkur anjumanda qatnashishni rejalashtirmaganini aytgandi.