Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Myanmaning sobiq davlat maslahatchisiga hukm o‘qildi
20:49 / 2021-12-06

Myanma sudi harbiy to‘ntarishdan so‘ng qo‘lga olingan mamlakatning sobiq davlat maslahatchisi, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, 76 yoshli Aun San Su Chjini to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, u jamoat tartibini va karantin cheklovlarini qasddan buzishda aybdor deb topilgan. Aun San Su Chjiga yana 11 ta ayblov qo‘yilgan bo‘lib, ular bo‘yicha sud ishi davom etmoqda.

2016 yildan beri Aun San Su Chji amalda Myanma hukumatini davlat maslahatchisi sifatida boshqarib kelayotgandi. Ammo 2021 yil 1 fevralda u harbiylar tomonidan uyushtirilgan davlat to‘ntarishidan so‘ng hibsga olingan edi.

Ayni paytda u uy qamog‘ida qolmoqda, qamoqxonaga o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.

Mamlakatning sobiq davlat maslahatchisi o‘z vaqtida Myanmada musulmon rohinjalar qirg‘iniga ko‘z yumgani va bu qirg‘inlarni oqlashga uringani uchun keskin tanqidlarga uchragan.