Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Myanmada uch kundan beri norozilik namoyishlari davom etyapti
16:06 / 2021-02-08

Myanma fuqarolari butun mamlakat bo‘ylab ish tashlashdi, ular saylangan rahbar Aun San Su Chjining ozod qilinishi va demokratiya tiklanishini talab qilmoqda. Bugun norozilikning uchinchi kuni.

Yangon va Mandalay shaharlarida minglab odamlar to‘plangan.

Harbiylar avvalgi saylov soxta ekanligini da’vo qilgach, davlat to‘ntarishi yo‘li bilan hokimiyatni egallab olishdi.

Ayni payt Myanmada favqulodda holat e’lon qilinib, hokimiyat bosh qo‘mondon Min Aung Xlainga topshirilgan.

Bugun ertalab Neypidoda o‘n minglab odam to‘plandi, mamlakatning boshqa hududlarida ham namoyish jiddiy tus olgan.

Namoyishchilar orasida o‘qituvchilar, advokatlar, bank xodimlari va davlat xizmatchilari bor. Mingga yaqin o‘qituvchi Yangondan Myanmaning asosiy shahri markazidagi Sule Pagoda tomon yo‘l oldi.

Umumiy saylovda “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasi katta ovoz bilan g‘alaba qozondi va hukumatda nazoratni o‘z qo‘liga oldi. Shundan so‘ng o‘tgan hafta boshida Myanma harbiylari – Qurolli kuchlar qayta ovoz berishni talab qilayotgan muxolifatni qo‘llab-quvvatlay boshladilar.

Ta’kidlash kerak, hozir butun mamlakat bo‘ylab keng foydalaniladigan "Facebook", "Twitter" va "Instagram" kabi ijtimoiy tarmoq turlariga taqiq qo‘yilgan.