Myanmada nefrit koni o‘pirilib tushdi
Myanma shimolidagi Kachin shtatida nefrit konining o‘pirilib tushishi oqibatida 20 ga yaqin odam kon ichida qolib ketdi, deya xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.
Hodisa dushanba kuni ertalab Xpakant hududida sodir bo‘lgan.
– Hozirgacha ikki jasad topildi, qutqaruv ishlari davom etmoqda, - dedi mahalliy qutqaruv xizmati rasmiysi. – Halok bo‘lganlar soni 10 kishidan oshishi mumkin.
Uning aytishicha, ushbu fojea yaqin atrofdagi uylarni ham vayron qilgan.
M.Pirmatova, O‘zA