Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Myanma yetakchisi Rossiya harbiy bazasini joylashtirish ehtimoliga izoh berdi
10:42 / 2022-09-06

Myanmada Rossiyaning harbiy bazasini joylashtirishning imkoni yo‘q, chunki xorijiy mamlakatlarning harbiy bazasini joylashtirish mamlakat konstitutsiya bilan taqiqlab qo‘yilgan, dedi Myanma yetakchisi Min Aun Xlayn Sharqiy iqtisodiy forumida RIA Novostiga bergan intervyusida.

Uning aytishicha  Rossiya Myanma uchun uchun do‘st mamlakat, shu bois ikki davlat mintaqada mavjud tahdidlar sharoitida mudofaa sohasida hamkorlik qilishning boshqa imkoniyatlarini topa olishi mumkin.

"Rossiya mudofaa vazirligining bazasini tashkil etish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu konstitutsiya bilan taqiqlab qo‘yilgan. Bu nafaqat Rossiyaga, balki boshqa istalgan mamlakat uchun ham tegishlidir – xorijiy qurolli kuchlarning hududimizga joylashishi mumkin emas", - dedi u.