Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Myanma qochoqlari BMT kafolatisiz oʻz vataniga qaytishni istamayapti
15:20 / 2018-11-15

Bangladesh hukumati vakillari Myanma musulmon-roxinjalarini oʻz vataniga qaytarish jarayoni boshlanganini maʼlum qildi, deyiladi “Anadoʻli” xabarida.


Bangladesh hukumati vakillari Myanma musulmon-roxinjalarini oʻz vataniga qaytarish jarayoni boshlanganini maʼlum qildi, deyiladi “Anadoʻli” xabarida. 

Bangladeshning qochoqlar ishi boʻyicha komissiyasi vakili Abul Kelamning izohlashicha, repatriatsiya jarayoni ixtiyoriy boʻlib, vataniga qaytishni istovchilar chegaraga yetkaziladi. 

Xalqaro qizil xoch jamiyatining maʼlum qilishicha, ushbu jarayon boshlangan boʻlsa-da, Myanmadagi sharoit qochoqlarni xavfzsiz qaytarish talablariga javob bermaydi. 

BMT kuzatuvchisi Robert Mardining soʻzlariga koʻra, musulmon-roxinjalar va Myanma hukumati oʻrtasidagi ziddiyat hali saqlanib turibdi. Arakan shtatidagi koʻplab qishloqlar vayron etilgan va qochoqlar qaytib boradigan joyning oʻzi yoʻq. 

Bangladesh va Myanma hukumatlarining oʻzaro kelishuviga muvofiq, birinchi bosqichda 2200 nafar qochoq oʻz vataniga qaytarilishi rejalashtirilgan. Ammo, musulmon-roxinjalar Myanmaga BMT kafolatisiz qaytib borishni istashmayapti. 

Bangladesh hukumati bironta ham qochoq zoʻrlik bilan repartatsiya qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligini vaʼda qilgan. Agentlikning yozishicha, lagerlardagi vaziyat buning teskarisini aytmoqda. 

BMT maʼlumotlariga koʻra, Arakan provinsiyasidan Bangladeshga qochib borgan musulmon-roxinjalar soni 700 mingdan oshib ketgan. 

Xabarda eslatilishicha, 2017 yilning 25 avgustidan Arakan provinsiyasida “qurolli jangarilarga qarshi kurash” bahonasi bilan musulmonlarga uyushtirilgan hujumlar soni oshib, hududdagi gumanitar vaziyat tezda izdan chiqqan boʻlgan.