Myanma harbiylari siyosatchisi, “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasi raisi Aun San Su Chjini korrupsiyada ayblamoqda, deya xabar berdi CNN nashri.
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha komissiya tomonidan Su Chjiga qo‘yilgan bir nechta ayblovlar bo‘yicha tergov o‘tkazilmoqda. U “o‘z lavozimidan foydalangan holda korrupsiyani sodir etganlikda aybdor” deb topilgan.
The Global New Light of Myanmar sayti ma’lum qilishicha, Su Chji korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunning 55-moddasiga binoan, aybdor deb topilgan. Agar mazkur modda o‘z kuchida qolsa, ayol 15 yilga qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Komissiyaning ta’kidlashicha, Su Chji o‘z vakolatini suiiste’mol qilib, o‘zi rais bo‘lib ishlagan “Daw Khin Kyi” fondining bosh qarorgohini ochish uchun yer va binolarni ijaraga olgan. Poytaxt Neypidoda ham Bog‘dorchilik kasb-hunar maktabini tashkil etish uchun yerga ariza qonunga muvofiq emas, balki kuch va vakolat bilan amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 fevral kuni davlat to‘ntarishida harbiylar hokimiyatni qo‘lga olgan edi. O‘shanda Su Chji mamlakatning davlat maslahatchisi va amalda rahbar lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, Su Chji rahbarligida 600 ming AQSH dollari va noqonuniy ravishda oltin qabul qilingani ma’lum bo‘ldi. Ushbu ayblovlar mart oyida Yangon viloyati sobiq vazirining shikoyatidan so‘ng kelib chiqqan.