Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muzrabotda narxni oshirgan tadbirkor qoʻlga tushdimi?
19:53 / 2020-03-30

Mazkur holat shu kunning oʻzidayoq bartaraf etilib, bozordagi narx-navoning sunʼiy oshib ketishiga yoʻl qoʻygan tadbirkorga nisbatan tegishli chora koʻrildi.


Joriy yilning 28-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “Narx qimmatlashgan, xalq norozi, davlat xodimlari tomoshabin boʻlib oʻtiribdi”, degan mazmundagi videomaterialga Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ushbu videoda aks etgan bozor tumanning Oriyat mahallasi hududida joylashgan boʻlib, u haftaning har juma kuni faoliyat yuritishi sababli ham xalq tilida “Juma bozori”, deb nom olgan,– deyiladi jumladan unda.

2020-yilning 27-mart kuni Angor tumanidan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ushbu bozorda sotish uchun kelgan tadbirkor tomonidan kartoshkaning narxi sunʼiy ravishda oshirilgani tufayli aholining noroziligiga sabab boʻlgan.

Mazkur holat shu kunning oʻzidayoq bartaraf etilib, bozordagi narx-navoning sunʼiy oshib ketishiga yoʻl qoʻygan tadbirkorga nisbatan tegishli chora koʻrildi. Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan videoda tegishli mutasaddi idora vakilining xaridorlar bilan suhbatlashib, ularning eʼtiroziga sabab boʻlgan bu holatni bartaraf etish jarayoni ham aks etgan.

Shu boisdan fuqarolarimizdan “... davlat xodimlari tomoshabin boʻlib oʻtiribdi”, deb ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri talqin qilingan holda tarqatilgan, mish-mishlarga sabab boʻladigan bunday yolgʻon maʼlumotlarga ishonmasliklarini soʻraymiz.

Maʼlumotlarga koʻra, 2020-yilning 30-mart holatiga, Muzrabot tumanida jami – 987,2 tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasi yaratilgan. Uning 265,7 tonnasi kartoshka, 139,7 tonasi piyoz, 117, 7 tonnasi sabzi hamda 464,1 tonnasini guruch mahsuloti tashkil etadi. Jamgʻarilgan zaxira maxsulotlarning shu kungacha 776,3 tonnasi yaʼni 78,5 foizdan koʻprogʻi ichki bozor va isteʼmolga chiqarilgan.

Bundan koʻrinib turibdiki, Muzrabot tumanida yetarli oziq-ovqat zaxira bor. Ayni paytda tuman markaziy dehqon bozori kuchaytirilgan nazorat tartibida faoliyat yuritmoqda. Aholi oʻrtasida ortiqcha vahima uygʻotmaslik, bozordagi narx-navoning sunʼiy oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida arzonlashtirilgan savdo shoxobchalari tashkil etilgan. Tuman hokimligi, soliq va departament idoralari xodimlari tomonidan dehqon bozorida monitoring ishlari olib borilib, narxlarni asossiz oshirganlarga qonuniy chora koʻrilmoqda.

Munosabatda fuqarolardan ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga guvoh boʻlishsa, tuman davlat soliq inspeksiyasining (76) 34-91-451, prokuratura huzuridagi departamentning (76) 34-91-417 raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat etish soʻralgan.