Muzrabotda hokim o‘zgardi
Xalq deputatlari Muzrabot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi vazifasini bajarib kelgan Alisher Qurbonov lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilinib, o‘rniga Abdulla Mamatqulov nomzodi ma’qullandi.
Abdulla Mamatqulov 1985 yil Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2011 yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini mexanik-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Mehnat faoliyati davomida “Surxondaryo suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining o‘rinbosari, Bandixon tumani hokimining o‘rinbosari, “Surxondaryosuvqurilishinvest” davlat unitar korxonasi direktori kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar “Surxondaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri