Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muzrabotda hokim o‘zgardi
15:43 / 2024-09-25

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi A.Ismoilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur lavozimga Qurbonov Alisher Qurbonovichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Deputatlar nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. 

Sessiyada Alisher Qurbonov Muzrabot tumani hokimi etib tayinlandi. 

A.Qurbonov oliy ma’lumotli iqtisodchi-tashkilotchi va yurisprudensiya mutaxassisi. Tumandagi qator korxonalarda ishlagan. Ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. Tayinlovga qadar “Amirqulbobo KAA” fermer xo‘jaligi rahbari sifatida samarali faoliyat yuritayotgan edi. 

Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqdi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri