Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Yosh kitobxon oila” tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ma’naviy loyiha kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar hamda oilalarda kitobga va adabiyotga bo‘lgan mehrni kuchaytirish maqsadiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Aytish joizki, tanlovning joriy yilgi mavsumida 19 ming 430 oila ishtirok etish istagini bildirgan. 15 oila viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Viloyat bosqichi “Badiiy asarlar bilimdoni” – asarlarning g‘oya va mazmunini sharhlash hamda “Tezkor savol-javob” – o‘qilgan asarlarga oid bilim sinovi shartlari bo‘yicha o‘tkazildi. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning badiiy tafakkuri, nutq madaniyati hamda asar mazmunini anglash darajasini baholab bordi.
[gallery-25799]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Muzrabot tumanidan tashrif buyurgan Javmirovlar oilasi mutlaq g‘oliblikka erishib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Sherobodlik Muhammadiyevlar oilasi ikkinchi va jarqo‘rg‘onlik Hayitovlar oilasi uchinchi o‘ringa loyiq topildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jCO-hbn75fI" title="Muzrabodlik oila tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA