English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MUZOKARA: IES boʻyicha Oʻzbekiston – Turkiya qoʻshma loyihasi muhokama qilindi
19:30 / 2020-08-25

Uchrashuv avvalida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya xalqlari doʻstligiga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasini qayd etdi.


Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonovning Turkiya Respublikasi Buyuk Milliy majlisi Reja-byudjet komissiyasining raisi Lyutfiy Elvan boshchiligidagi delegatsiyasi va “CengizHolding” kompaniyasi direktorlari boshqaruvining raisi Mexmet Jengiz bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar Turkiya delegatsiyasining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida oʻtkazildi.

Uchrashuv avvalida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya xalqlari doʻstligiga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasini qayd etdi. Shuningdek, A.Sultonov Turkiya delegatsiyasi rahbarini muhim voqea — Turkiyaning Qora dengizdagi oʻz shelfida yirik tabiiy gaz koni — “Tuna-1” ochilishi munosabati bilan tabrikladi. Konning prognoz hajmi 320 milliard kub metr, deb taxmin qilinmoqda.

Turkiya delegatsiyasi aʼzolari oʻz navbatida Oʻzbekiston Prezidentining rahbarligida turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, shuningdek, yoqilgʻi-energetika kompleksida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini qayd etdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda issiqlik elektr stansiyasini qurish boʻyicha Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma loyihasini yana-da rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. L.Elvan Turkiya tomonining loyiha doirasida tegishli bitimlarning tezda imzolanishidan manfaatdorligini qayd etdi.

Oʻzbekiston tomonidan ham rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish va yangi oʻzaro manfaatli takliflarni muhokama qilish maqsadida barcha zarur yordamni koʻrsatishga shaylik ifodalanadi.

Muzokaralar yakuni boʻyicha tomonlar IES ni qurish boʻyicha taklif qilinayotgan maydonchalarga safarlarni tashkil qilish va safar natijalari boʻyicha loyiha doirasida zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati