French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muzlatuvchi uskunani bojxona ko‘rigidan o‘tkazishda qonunbuzilish holati aniqlandi
14:41 / 2024-06-06

«Ark buloq» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan xorijdan keltirilgan muzlatuvchi uskunani bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida qonunbuzilish holati fosh qilindi.

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.  

Aniqlanishicha, mazkur uskuna ozonni buzuvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan R-22 freon moddasi bilan ishlaydi.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 yanvardagi «Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga binoan esa ozonni buzuvchi yoki ularga bog‘liq bo‘lgan moddalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan sovitish jihozlari va havoni konditsionerlash uskunalarini import qilish taqiqlangan.  

Shu sababli qiymati 410 mln. so‘mlik xorijdan keltirilgan muzlatuvchi uskuna hozirda vaqtincha saqlashga olingan va kelgusida O‘zbekiston Respublikasidan qayta chiqarib yuborilishi kutilmoqda.  

Hozirda holat yuzasidan bojxona surishtiruvlari davom ettirilmoqda.  

 

Sh.Mamaturopova,

O‘zA