French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muzeylar yoshlar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi
12:23 / 2021-12-17

Ma’lumki, Prezidentimizning muzeylar faoliyatini takomillashtirishga doir bir qator qaror va farmonlari bugungi kunda yurtimizdagi madaniy meros ob’ektlari faoliyatini yanada takomillashtirishga huquqiy asos bo‘lmoqda.

Xususan, «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi sa’y-harakatlarni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi yoshlar ta’lim-tarbiyasi rivojida yana bir yangi bosqichni boshlab berdi. Albatta, yoshlarning ilmli, dunyo tajribalariga ega, malakali kadrlar bo‘lib yetishishida davlat siyosati darajasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar yoshlardan faqatgina chuqur bilim olib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini taqozo etadi. 


Geologiya fanlari universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, oliygohda yoshlarni bilimli, ma’nan yetuk, zamonaviy bilimlarga ega kadrlar etib tarbiyalash, ayniqsa o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini maqsadli tashkil etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Shu kunlarda talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida poytaxtimizdagi bir qator muqaddas qadamjo hamda muzeylarga tashriflar uyushtirildi. Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi talabalarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu muzey ajdodlarimiz qismati, ularning mustabid tuzumda chekkan azob-uqubatlarini yaqqol dalil va hujjatlar bilan tasvirlashi bilan odamni chuqur o‘yga toldiradi. Millat sha’ni, g‘ururi, qadriyatlari poymol etilgani, bugungi mustaqil kunlarimizga yetishda chekkan zahmatlarini muzey eksponatlarida ko‘rish insonga ma’naviy bilim, keng dunyoqarashni shakllantirishi bilan alohida ajralib turadi. 


Bundan tashqari, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ham tariximizdan so‘zlashi bilan diqqatga sazovor maskanlardan sanaladi.  

Universitetning yoshlar masalalari, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi tomonidan o‘quv yili davomida talabalar bilan respublikamizda joylashgan yana bir qancha muzeylarga tashrif buyurish rejalashtirilgan. 

 

Sh. Mamatjanov, 
Geologiya fanlari universiteti bo‘lim boshlig‘i.