French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muzeydagi musiqa oqshomi
16:02 / 2022-09-30

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmadchilik tarixi davlat muzeyida ochiq osmon ostidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Aytish joizki, mazkur muzey mamlakatimizning istiqlol yillarida tiklangan ko‘hna va boy milliy hunarmandchilik tarixi, bugungi kungacha saqlanib qolgan o‘ziga xos maktablarining an’analari hamda amaliy san’at va hunarmandchilik asarlarini asrash, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, ilmiy o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish borasida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ayni paytda muzeyning musiqa san’atini rivojlantirishdagi ahamiyati benihoya katta bo‘lmoqda.

Muzey tomonidan tashkil etilgan "Open air" tarzidagi konsert dasturi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ko‘magida o‘tkazilayotgan bo‘lib, turli xil tashkilotlar, turistik firmalar, shuningdek mahalliy aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Musiqa oqshomida Davlat akademik xalq cholg‘ulari orkestri ijrosida yurtimiz va jahon kompozitorlarining asarlari, kinofilmlar uchun yaratilgan musiqiy namunalar ijro etildi.

N.Usmonova, O‘zA