Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muxtorxon Toshxo‘jayev IBSA Ijroiya kengashi a’zosi etib saylandi
17:28 / 2025-11-09

Turkiyaning Antaliya shahrida Xalqaro ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi (IBSA)ning navbatdan tashqari bosh assambleya yig‘ilishida tashkilotning Ijroiya kengashi a’zoligiga yangi saylangan nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev Bosh assambleyada IBSA Ijroiya kengashi a’zosi etib saylandi.

Bosh assambleya yig‘ilishi davomida bir qator masalalar muhokama qilindi. Xalqaro ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar izchillik bilan davom ettirilayotgani, mamlakatimizda IBSA tizimidagi musobaqalar, tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilayotgani e’tirof etildi.

Shuningdek, 2027 yili Xalqaro ko‘zi ojizlar sport o‘yinlarini o‘tkazish huquqi O‘zbekistonga berilgani qayd etildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA