Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muxtasar Tohirova o‘q otish bo‘yicha Tokio -2020 Olimpiadasida munosib debyut qildi
12:03 / 2021-08-02

Muxtasar Tohirova Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida qatnashish uchun ikkita litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.

Mart oyida 21 yoshga to‘lgan Muxtasar Tohirova uchun bu birinchi Olimpiya o‘yinlaridir. Yosh sportchi qizimiz 10 metrli pnevmatik miltiqdan o‘q otish va 50 metrdan 3 yo‘nalishda o‘q otish bellashuvlarida qatnashdi.

U munosib qatnashib, Janubiy Koreya, Fransiya, Indoneziya, Yaponiya, Chexiya va Hindiston kabi Osiyo va jahon chempionatlarining yetakchi sport ustalari, chempionlari va sovrindorlarini mag‘lub etdi.

Sportchimiz Olimpiada o‘yinlarida 100 ta davlat vakillari orasida 1155 ochko to‘plab 30-o‘rinni egalladi. Olimpiada o‘yinlarida bu faxrlansa arziydigan natija hisoblanadi.

Afsuski, bu safar medallarni qo‘lga kiritishning iloji bo‘lmadi, lekin bunday yaxshi natijalar kelgusida O‘zbekiston medallarini kafolatlaydi.

Vaholanki, hali yosh sportchimiz jahonning eng nufuzli musobaqasida tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

O‘zA