Muxolifatchi partiya Ispaniya bosh vazirini iste’foga chiqishini talab qilmoqda
Kataloniyalik ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches iste’foga chiqishi kerak.
Mamlakatdagi muxolif “Xalq partiyasi” yetakchisi Pablo Kasado “Twitter” orqali shunday fikr bildirdi.
Kasadoning fikricha, hukumat rahbari yangi saylovlarni belgilab iste’foga chiqishi kerak.
“Siz tarixning noto‘g‘ri tomonida turibsiz”, deb yozadi siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval mamlakat hukumati kataloniyalik ayirmachalarni qisman avf etib, hibsdan ozod qilgandi.
Biroq ayblov o‘z kuchida turibdi – ular saylovlarda ishtirok etmaydi, davlat lavozimlarida ishlamaydi.