Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muxolifat fraksiyaning o‘tgan yilgi faoliyati qanday kechdi?
11:00 / 2026-01-16

Parlamentdagi muxolifat — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining 2025 yilgi faoliyati yakunlari va joriy yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan brifingi o‘tkazildi.

O‘zbekiston XDP fraksiyasi tomonidan partiya saylovoldi dasturida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirish borasida, ijtimoiy sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, saylovchilar bilan muloqotni kuchaytirish, joylarda fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan tizimli muammolarni tahlil qilib borish, ijro organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini o‘rnatish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Hisobot davrida qonunlar muhokamalarida muqobil takliflar berish, partiya elektorati ovozini parlament va hukumatga yetkazish, mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosatni izchil davom ettirish, hukumat tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan Davlat dasturlari va Byudjet loyihasining tasdiqlanishi va ijrosi ta’minlanishi hamda qonun loyihalarining elektorat manfaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat qilishiga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasida belgilangan ijtimoiy masalalar, avvalo, inson hayotining eng asosiy sohalarini qamrab oladi. Bandlik, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va tibbiyot sifatini oshirish, mahallaning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, asosiysi, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash kabilar partiya va fraksiyaning siyosiy maqsadlari bilan hamohang bo‘lib, fraksiya bu islohotlar natijadorligida bevosita ishtirok etadi.

Brifingda fraksiya elektorat manfaatlarini izchil himoya qilish yo‘lida so‘l qanot partiya fraksiyasi sifatida parlamentda o‘zining siyosiy pozitsiyasini qat’iy bildirib borishi ma’lum qilindi.

Muhtarama Komilova,  

O‘zA