Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muvofiqlikni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritiladi
11:42 / 2025-07-23

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Muvofiqlikni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga: 

akkreditatsiya ob’ekti tomonidan akkreditatsiyadan o‘tishda kamchiliklarni bartaraf etish muddatini to‘rt oygacha etib belgilash; 

sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markaz) yoki metrologiya xizmatining joylashgan joyi o‘zgargan taqdirda, takroriy akkreditatsiyadan o‘tkazish o‘rniga soddalashtirilgan tartibni joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zgarishlar kiritiladi. 

Bungacha akkreditatsiyadan o‘tishdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun ikki oylik muddat belgilangan edi. 

Shuningdek, Akkreditatsiya qilingan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markaz) yoki metrologiya xizmati joylashgan joyi o‘zgarsa, xabarnoma kelib tushgandan keyin Markazning buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul guruh tomonidan ushbu akkreditatsiya qilingan sub’ektlarni baholash maqsadida bir ish kunida o‘tkazilgan ogohlantirishsiz tashrifning ijobiy natijasiga asosan, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma amaldagi akkreditatsiya muddatiga qayta rasmiylashtiriladi.

O‘zA