Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muvofiqlik sertifikatisiz temir-beton yonlar sotgan korxonaga 80 mln so‘m jarima qo‘llanildi
10:20 / 2024-05-30

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan hududda nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda «O.G.S.S» MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) korxonasi (BR 100.30-18 markali) temir-beton yonlar mahsulotlarini muvofiqlik sertifikatisiz sotilgani aniqlandi. Ya’ni korxona «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonunning 29 va 42-moddalari talablariga rioya qilmagan.

Aniqlangan holat yuzasidan 80.1 mln so‘m jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilib, materiallar sudga kiritilgan.

 

O‘zA