Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Muvaffaqiyatsiz Pasxa”dan keyingi dronlar yomg‘iri
11:11 / 2025-04-21

Moskva tomonidan e’lon qilingan 30 soatlik “Pasxa sulh”i tugagandan bir necha soat o‘tib, tunda bir necha viloyatga yana rus dronlari hujum qildi, deb yozgan BBC.

Ukraina harbiy-havo kuchlari Kiyev viloyati, shuningdek Xerson, Dnepropetrovsk, Cherkass, Nikolayev va Zaporoje shaharlari uchun reyd ogohlantirishi e’lon qildi.

Rossiya harbiylari mazkur hujumlarga izoh bermadi. Prezident Vladimir Putin e’lon qilgan sulh vaqti yakshanba kuni Moskva vaqti bilan yarim tunda tugadi. Har ikki tomon bir-birini kelishuvni buzganlikda aybladi.

Urushni tugatishga intilayotgan AQSH rahbari Donald Tramp kecha kechqurun “Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishishi”ni aytib, to‘liq tafsilotga to‘xtalmadi.