Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar (+video)
18:54 / 2025-02-28

Qashqadaryo viloyati Jalajin mahallasida istiqomat qiluvchi Shahzod Eshbo‘riyev intiluvchan va omadli yoshlarimizdan.

Gap shundaki, u mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi bilan kredit olib, 14 sotix yer maydonida issiqxona barpo etdi. Pomidor va bodring yetishtirishni yo‘lga qo‘yib, 15 nafar tengdoshini ham ish bilan ta’minladi. Issiqxonadan tushgan daromadni asalarichilikni rivojlantirishga yo‘naltirgan Shahzod yana 5 nafar yoshga mavsumiy ish o‘rni yaratdi. Bugungi kunda u yiliga 600 million so‘m daromad topmoqda!

Shahzod davlatimiz rahbarining yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida bildirgan takliflaridan ilhomlanib, o‘z faoliyatini kengaytirish va yana 30 nafar yoshni ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan.

Qahramonimiz bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning You Tube sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VR1zcPbjaG8" title="Muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, O‘zA