Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mutolaa” loyihasidan yangi film taqdim etildi
13:44 / 2024-10-15

“Mutolaa” mobil ilovasi o‘zbek va jahon adabiyotining eng nodir durdonalarini bir joyga jamlagan zamonaviy kutubxona hisoblanadi.

Yoshlar va kattalar uchun elektron, audio va video formatlarda adabiyot olamiga bepul kirish imkonini yaratgan bu ilova, foydalanuvchilarni adabiyotga yaqinlashtirishda muhim qadam bo‘ldi.  

Ayniqsa, foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ortib borayotgani ilovaning qanchalik ommalashganini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda ushbu adabiy xazinadan 600 mingdan ortiq inson foydalanmoqda.    

Yaqinda “Mutolaa” loyihasi ijodkorlari tomonidan Antuan de Sent-Yekzyuperining mashhur asari asosida navbatdagi “Kichkina shahzoda” nomli hujjatli film tayyorlandi. Asarda bolalik va hayotga falsafiy yondashuv haqida chuqur fikr yuritiladi.  

“Kichkina shahzoda”ning so‘zlariga diqqat qilib, hayot haqidagi chuqur o‘ylar bilan birgalikda unutilmas lahzalarga sayohat qilish mumkin.    

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA