Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mutaxassislarning bilimlari oshirildi
15:35 / 2020-09-21

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.


Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan USAIDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Huquqiy islohotlar dasturi (LRP) doirasida vazirlik xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, mutaxassislarning siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, kasbiy bilim va kompetensiyalarini shakllantirish masalalari boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi.

Menejment asoslari, boshqaruvda siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-axloqiy bilimlarning oʻrni, rahbarning professional kompetensiyalari, nutq madaniyati va notiqlik mahorati, taym-menejment, HR-menejment, tashkilot imijini yaratishning samarali uslublari, gender tengligi kafolatlarining huquqiy asoslari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, mediatsiyaning oʻrni kabi mavzularda interaktiv mashqlar va amaliy mashgʻulotlar orqali oʻtgan treninglarda vazirlik markaziy apparati xodimlari bilim va koʻnikmalarini yana-da oshirdi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.