Mutaxassislar yetarli bo‘lmagani uchun yer qa’ridan foydalanuvchilarni atigi 36 foizi monitoring qilinmoqda
Davlatimiz rahbari joylarda noruda konlardan noqonuniy yoki samarasiz foydalanish holatlari ko‘payib borayotganini qayd etdi.
O‘tgan yili 6 million kub metr noqonuniy qazilma aniqlanib, ulardan 17 milliard so‘m qo‘shimcha soliq undirilgan.
Marksheyder mutaxassislar yetarli bo‘lmagani uchun yer qa’ridan foydalanuvchilarni atigi 36 foizi monitoring qilinmoqda.
Nazoratni kuchaytirish maqsadida noruda qazilmasidan tushumning 3 foizi Soliq qo‘mitasi jamg‘apmaciga yo‘naltiriladi.
Qo‘mitaga buning hisobiga har bir hududda kamida 2 ta marksheyderni jalb qilish, zamonaviy videokuzatuv va o‘lchash uskunalarini o‘rnatib, ta’sirchan nazoratni ta’minlash topshirildi.
So‘ng Prezident qurilish materiallari tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Mutasaddilarga aytilgan fikr va tashabbuslarni puxta o‘rganib, tegishli takliflarni kiritish topshirildi.
O‘zA