French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mutaxassislar “Toza poytaxt” kompleks dasturi faoliyati bilan tanishdi
14:22 / 2025-10-13

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentida “Maxsustrans” DUK hamda “Toza poytaxt” kompleks dasturi faoliyati bilan tanishuv tashkil etildi.

Toshkent shahar prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalari, Ekologiya boshqarmalari, “Maxsustrans” va “Toza hudud” DUK vakillari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda dastlab ishtirokchilarga “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Xususan, “Xalq nazorati” elektron platformasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar tahlili, rahbar paneli info dasturi, “Green Tashkent” axborot tizimi hamda “Toza poytaxt” dasturiy ta’minoti haqida taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, tumanlar bo‘yicha obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish faoliyatining raqamli xaritalari taqdim etildi.

Kunning ikkinchi yarmida mas’ullar “Mirobod-Maxsustrans” avtotransport garaji va boshqa ob’ektlar faoliyati bilan tanishdilar.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA