Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mutaxassislar malaka oshirmoqda
16:22 / 2015-03-31

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan “Mutaxassislar malakasini oshirish” loyihasining navbatdagi bosqichi yakunlandi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan “Mutaxassislar malakasini oshirish” loyihasining navbatdagi bosqichi yakunlandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda etuk kadrlar tayyorlash, jumladan, madaniyat va san’at sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Malaka oshirish kurslarining bu galgi bosqichida san’atga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishida talabalarga bilim berayotgan pedagoglar aktyorlik va rejissyorlik mahorati, sahna nutqi, madaniyati, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish borasida o‘z malakasini oshirdi. Loyiha doirasida turli ko‘rik-tanlovlar, uchrashuvlar, mutaxassislik mashg‘ulotlari, seminar-treninglar o‘tkazildi.

– Barkamol avlodni tarbiyalashda pedagoglar mahorati muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta o‘qituvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Berdishukur G‘afurov. – Bu kabi o‘quv kurslarining tashkil etilgani professional malakamizni oshirish, izlanish va tashabbuskorligimizni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.