Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mutaxassis va talabalar parranda, chorva mollarini boqishda aholiga ko‘maklashadi
20:50 / 2022-01-12

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida aholi xonadonlarida parranda va chorva mollarini boqishda ozuqa ratsioniga amal qilish va ular parvarishlanadigan joyni tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida aholining bandligini ta’minlash orqali daromadini oshirish, xususan, aholi xonadonlarida 2 million bosh parranda boqishni tashkil etish borasida bir qator topshiriq va vazifalar bergan edi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, amaliy ishlar natijasida viloyatdagi ishsiz, daromadi past bo‘lgan oilalar hamda parranda boqish istagidagi 17 ming 939 ta xonadonda parranda boqish yo‘lga qo‘yilib, ana shu xonadon sohiblarining daromad manbai shakllantirildi.

Joriy yilda viloyatda bu boradagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda, Jumladan, viloyatdagi har bir mahallada parrandachilik kooperativi tashkil etish, uch bosqichda aholi xonadonlariga 100 boshdan parranda tarqatish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda 870 ta mahallada 15 tadan, jami 13 ming 50 ta ehtiyojmand oila xonadoniga 1 million 305 ming bosh parranda tarqatiladi.

[gallery-5415]

Seminarda ana shu yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etishga tayyorlarlik, aholi xonadonlarida parranda va chorva hayvonlarini parvarishlash va ko‘paytirishda ozuqa ratsioni hamda ular parvarishlanadigan joyning qanday holatda bo‘lishi muhim ekanligi alohida ta’kidlandi. Olimlar, mutaxassislar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar qanday amalga oshirilishi, oziqlantirish, parvarishlash jarayonlari amaliy ko‘rgazmalar orqali ko‘rsatib berildi, zarur taklif va tavsiyalar aytildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Bundan tashqari, mutaxassislarning mahallalardagi o‘rganishlari asosida tayyorlangan qo‘llanma tarqatildi. Ushbu qo‘llanma viloyat bo‘yicha barcha mahallalarga tarqatilishi qayd etildi.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining bitiruvchi talabalari o‘zlari yashaydigan hududlarda aholiga parranda, asalari va chorva mollarini boqish, ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yishlariga, bu orqali daromad olishlariga yaqindan yordam berish bilan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlaydigan bo‘ldi. Bu boradagi ishlarni olib borish yuzasidan ular ustozlaridan tegishli tavsiya va maslahatlar oldi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA