Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mutaxassis: "Is gazidan zaharlangan odamni yurgizish mumkin emas"
18:18 / 2022-11-06

Is gazidan favqulodda holatlarda jabrlangan bemorlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi filiallari va tumanlardagi bo‘limlarida shifokorlar tunu kun faoliyat olib bormoqda.

Markaz direktori Doniyor Alimovning ta’kidlashicha, is gazidan jabrlangan insonga tezda birinchi yordam ko‘rsatish kerak. Sababi, bu paytda bemor hayoti "qil ustida" bo‘lib, har bir soniya qadrli. Salgina e’tiborsizlik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Buning uchun birinchi navbatda «Tez yordam»ga murojaat qilish, shifokor kelguniga qadar jabrlanuvchini zudlik bilan zararlangan hududdan toza havoga olib chiqish zarur.

Shuningdek, bemorning qo‘l va oyoqlarini ko‘targan holatda yotqizish, nafas olishiga xalaqit beruvchi tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish, jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish, til orqaga ketib qolishining oldini olish uchun uni yonboshi bilan yotqizish, nafasni stimullash, ko‘krak qafasini artish, oyoq va qo‘llarni isitish, novshadil spirti hidlatish, hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar ko‘rish, bemorning holati yaxshi bo‘lsa, issiq choy ichirish, og‘ir holatdagi zaharlanish holatlarida jabrlanuvchiga tibbiyot xodimlari kelguniga qadar og‘izdan og‘izga nafas berish, yurak yopiq massajini bajarish lozim.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, is gazidan zaharlangan odamni yurgizish mumkin emas.

— Bemor ko‘rinishidan qoniqarli ahvolda bo‘lsa ham, uni shifokor ko‘rishi shart, — deydi D.Alimov. — Sababi, har doim ham kasallik belgilariga asoslanib, haqiqiy zaharlanish darajasini aniqlab bo‘lmasligi mumkin.

 

O‘zA