Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mutafakkir bobomiz ijodiga bag‘ishlangan tematik fleshmob o‘tkazildi
15:56 / 2026-02-10

Shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportida ham ushbu kun munosabati bilan ma’rifiy тадбир tashkil etildi. 

“Uzbekistan Airports” hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida aeroportning uchish zalida o‘tkazilgan tematik fleshmob doirasida Alisher Navoiy ijodi keng targ‘ib etildi. Shermat Yormatov nomidagi Milliy yoshlar xori solistlari buyuk shoir g‘azal va she’rlarini musiqiy ijroda taqdim etib, yo‘lovchilar va mehmonlarga Navoiy merosini zamonaviy talqinda his etish imkoniyatini yaratdi. 

Mazkur madaniy tadbir Sharja, Tehron, Misr, Moskva, Olmaota, Tojikiston, Bishkek, Turkiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha parvozga tayyorlanayotgan mingdan ortiq yo‘lovchini qamrab oldi hamda aeroport muhitini ma’naviyat ruhi bilan boyitdi. 

Joylarda bu kabi tadbirlar davom etmoqda. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA