Musulmonlar idorasi: masjidlarda yomg‘ir so‘rab namoz o‘qiladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi kuz fasli yomg‘irsiz o‘tayotgani sabab 28 noyabr kuni juma namozidan keyin Alloh taolodan yomg‘ir so‘rab, «istisqo» namozi o‘qilishini xabar qildi.
Viloyatlar, tuman-shaharlar markaziy masjidlari va ziyoratgohlarda jonliqlar so‘yilib, yordamga muhtoj oilalar, yetim-yesirlar, beva-bechoralar, miskinlar, boquvchisini yo‘qotgan keksalarga tarqatiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari ustoz va talabalari tomonidan Imom Buxoriy “Sahihi Buxoriy” asari shu yil 28 noyabr kuni juma namoziga qadar xatm qilinishi aytilgan.
Shuningdek, Umra ziyoratidagi imomlardan ham Ikki Haramda o‘z guruhlari ishtirokida «istisqo» namozini o‘qish so‘ralgan.
O‘zA