Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillikni mustahkamlashga hissa qo‘shish – barchaning muhim maqsadi bo‘lishi zarur
10:46 / 2025-08-27

Senatda Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan senatorlar va yosh olimlar uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonova hamda senator Malika Qodirxonova, Yoshlar parlamenti a’zolari va Yosh olimlar kengashi vakillari qatnashdi.

Uchrashuvda Prezidentimiz rahbarligida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, erishilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, qonunchilikni takomillashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani ta’kidlab o‘tildi. Bu borada o‘zaro hamkorlikda ish olib borish, mustaqillikni mustahkamlashga hissa qo‘shish barchaning muhim maqsadi bo‘lishi zarurligi qayd etildi. 

Senatorlar tomonidan parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari Senat binosi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

N.Abduraimova,

O‘zA