French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik xalqning oʻzligi, erkinligi demakdir
19:27 / 2019-08-17

Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!

Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan qisqa davr mobaynida Oʻzbekiston dunyo hamjamiyatiga mustaqil davlat sifatida namoyon boʻldi. Mustaqillik xalqning oʻzligi, erkinligi demakdir.

Darhaqiqat, mustaqillik - bugun biz erishgan yuksak marralarga qanot boʻlgan kuch. Bugun yurtimizning har bir goʻshasida boʻy koʻrsatib turgan ozod va obod Vatan manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir. Shu bois xalqimiz har yili eng ulugʻ va eng aziz bayramimizni oʻzgacha shukuh, koʻtarinki kayfiyat bilan kutib oladi.

Bayram munosabati bilan Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami munosabati bilan “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Maʼnaviyat targʻibotchisi” taʼlim muassasasi direktori Sh.Toʻrayev oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Sh.Toʻrayev oʻz maʼruzasida mamlakatimizning mustaqillik yoʻlidagi harakatlari, shu davr ichida bosib oʻtgan yoʻli, ajdodlarimizning Vatan ozodligi yoʻlidagi qahramonliklari, bugungi kunda xalq manfaati yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir davomida Mustaqillik biz uchun oliy neʼmat ekanligi va biz bugungi tinchlikning qadriga yetib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida birdamlikda harakat qilishimiz, oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan, xalqi va ona Vatani ravnaqi yoʻlida xizmat qiladigan, fidoyi avlodni tarbiyalash mamlakatning kelajagini, taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil ekanligi toʻgʻrisida fikrlar bildirildi.