Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik shodiyonalari hududlar aholisiga quvonch ulashmoqda
22:22 / 2025-08-30

Shu kunlarda O‘zbekistonimizning eng ulug‘ va aziz bayrami, Davlatimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” umummilliy birdamlik festivali doirasidagi tadbirlar joylarda keng nishonlanyapti. Xususan Toshkent viloyati tuman-shaharlarida ham aholi uchun bayram tadbirlari, xalq sayillari tashkil etilmoqda.

Xususan, O‘rta Chirchiq tumanida ham mustaqillik shodiyonalari esda qolarli bo‘ldi. Bu yerda hudud faollari,  korxona va tashkilot rahbarlari, deputat va senatorlar, nuroniylar va minglab aholi uchun ommaviy saylga aylanib ketgan maydonga jam bo‘ldi.

Dastlab tuman hokimi Ixtiyor Qosimov  so‘zga chiqib, barchani ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabrikladi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yurtimizning barcha joylarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xalqimizning turmush farovonligini oshirish, ayniqsa, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi va xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda.  

Ta’kidlanganidek, bu yil tumanda 27 kilometrdan ziyod ichki yo‘llar ta’mirlandi, 7,5 kilometrga yaqin toza ichimlik suvi quvurlari tortildi. Investitsiya loyihalari doirasida 1 ta maktab va 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi zamonaviy ko‘rinishda qayta rekonstruksiya qilindi, xalqimizning duogo‘ylari bo‘lgan muhtaram nuroniylar uchun tuman markazida zamonaviy yangi “Nuroniylar maskani” qurilib, bayram arafasida foydalanishga topshirildi.

[gallery-25065]

—  Bularning barchasi xalqimizga munosib xizmat qilish, ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlardir,  — deydi O‘rta Chirchiq tumani hokimi I. Qosimov.  —Bundan tashqari, Prezidentimizning topshiriqlari asosida 858 nafardan ziyod yoshlar va xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilib, ular o‘z tadbirkorligini boshladilar. Ular nafaqat o‘zlari uchun, balki boshqalar uchun ham yangi ish o‘rinlari yaratib, jamiyatimizning tirgagiga aylanmoqda. Ayni paytda tumanimizda xorijiy investorlar bilan hamkorlikda 71,1 million dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar asosida zamonaviy sanoat korxonalari, qayta ishlash markazlari va eksportbop mahsulotlar tayyorlash klasterlari tashkil etilayotir. Mahalliy tadbirkorlarimiz ham ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Buning ortidan yuzlab, minglab ish o‘rinlari yaratilayapti. Bu islohotlar, bu taraqqiyot nafaqat iqtisodiyotimiz, balki xalqimizning hayotga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi.

Tantanali bayramning badiiy qismi O‘zbekiston davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng iqtidorli yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, estrada xonandalari ijrosidagi katta gala konsert dasturiga namoyish etildi. Shu kuni barchaning yuzlarida tabassum va quvonch aks etdi.

Hududlarda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shoiri ostidagi tadbirlar davom etmoqda.

A.Musayev, A.Alijonov,O‘zA. (surat)