French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik — oliy ne’mat
21:04 / 2022-08-30

Shu kunlarda yurtimizning har bir go‘shasida bayram shukuhi kezib yuribdi. Shodiyona kunlarda xalqimiz mustaqillik in’om etgan har bir ne’matni e’tirof etib, shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytmoqda.

Darhaqiqat, mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yanada yuksalib bormoqda.

Shu bois ham mustaqillik bayrami har yili yurtimizda o‘ziga xos tayyorgarlik, turli ma’rifiy, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar bilan tantana qilinadi.

Ma’lumki, yaqinda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatda mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiya vakillari o‘rtasida ahillik va totuvlik muhitini yanada kuchaytirish, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini chuqur tahlillar, aniq hayotiy misollar yordamida keng jamoatchilikka yetkazish vazifasi belgilangan.

Poytaxtimizdagi “Do‘stlik” bog‘ida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik — oliy ne’mat” mavzusidagi bayram tadbiri ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi.

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan ezgu g‘oya asosida tashkil etilgan mazkur konsert dasturi ko‘p millatli xalqimizga haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi. Bog‘ hududida milliy madaniy markazlar tomonidan turli millatlarning xalq hunarmandchilik namunalari va milliy taomlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbirda poytaxtliklar va shahar mehmonlari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan turli milliy madaniy markazlar vakillari, ijodiy jamoalar, tashkilot va korxona vakillari ishtirok etdi.

Bayram dasturida Vatanimizda millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini berayotgani qayd etildi. Barcha islohotlar zamira inson qadr-qimmatini ulug‘lash, ularning manfaatlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam.

Tadbirda yurtimizdagi millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosati, millatlararo munosabatlarni ta’minlashga qaratilgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlandiki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda juda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda millatlararo munosabatlar sohasida tarixiy islohotlar yuz berdi. Buning samarasida turli millat vakillari yurtimizda tinch-osuda yashab, mamlakatimiz farovonligini ta’minlash, jamiyat va yurt ravnaqini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Tadbir yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar qoshidagi badiiy jamoalar hamda taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Konsert dasturida o‘zbek, ozarbayjon, rus, turk, uyg‘ur, nemis, tojik, turkman, arman, qirg‘iz, qrim-tatar, boshqird, qozoq, ukrain tillarida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Bayram dasturi davomida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiorida ostida bannerlar va turli millatlar milliy madaniy markazlarining milliyligini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi.

G.Sattorova, O‘zA