Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MUSTAQILLIK NEʼMATI: faoliyati kengaytirilgan korxona tuman byudjetiga 1 milliard soʻmdan koʻp foyda keltirdi
09:29 / 2020-08-26

Klasterga 170 bogʻ va meva-sabzavotchilik fermer xoʻjaliklarini biriktirish orqali yetkazib berilgan urugʻ va koʻchatlar parvarishlanib, 340 gektar maydonda pomidor yetishtirildi.


Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi “Agro-Vostok” MCHJ faoliyati kengaytirilib, loyiha qiymati 12 milliard soʻmlik tomat pastasini qayta ishlash hamda aseptik qadoqlash uskunalari olib kelib oʻrnatildi. Tuman hokimligi matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, loyiha doirasida tumanda meva-sabzavotchilik klasteri tashkil etildi.

Klasterga 170 bogʻ va meva-sabzavotchilik fermer xoʻjaliklarini biriktirish orqali yetkazib berilgan urugʻ va koʻchatlar parvarishlanib, 340 gektar maydonda pomidor yetishtirildi.

Bugungi kunda klaster fermer xoʻjaliklari va tomorqa egalari yetishtirgan pomidorlarni kelishilgan narxda sotib olmoqda.

Klaster yiliga 15 ming tonna pomidor mahsulotini qayta ishlash hisobidan 2 ming 500 tonna tomat pastasini 5 million AQSH dollariga eksport qilishni moʻljallamoqda.

Faoliyati toʻxtab qolgan MCHJning qayta ishga tushishi natijasida 340 mavsumiy ish oʻrni yaratildi. Shuningdek, tuman byudjetiga 1 milliard 166 million soʻm foyda keltirildi.