Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik marafoni konchilarni bir safga jamladi
12:52 / 2022-08-29

Navoiy shahridagi “Yoshlik” sun’iy ko‘li atrofida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamg‘armasi” DMda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida yugurish bo‘yicha marafon o‘tkazildi.

Shu kunlarda yurtimizda bayram shukuhi kezmoqda. Joylarda eng ulug‘, eng aziz ayyomga bag‘ishlanib turli bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Mustaqilligimizning 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida keng qamrovli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ayni kunlarda unda nazarda tutilgan tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Bellashuv avvalida ishtirokchilar ikki - 18-35 yoshlilar va 35-60 yoshlilar guruhiga saralandi. Shundan so‘ng, mehnat jamoalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportni yanada ommalashtirishga qaratilgan bellashuvga start berilib, yugurish ixlosmandlari ko‘l bo‘ylab belgilangan yo‘nalishda harakatlandi.

[gallery-8543]

– Sport sog‘lik garovi, deyishadi. Shu bois, doimo ishchi-xodimlarimiz o‘rtasida turli musobaqalarni o‘tkazib kelyapmiz, – deydi “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport klubi direktori Sohiba Qilichova. – Qarang, sport ishtiyoqmandlari shu qadar ko‘p ekanki, ko‘l bo‘yi yuzlab sportsevarlarga to‘lib ketdi. Birin-ketin ishtirokchilar finish chizig‘iga yetib keldi. Ular orasida yoshlarimiz qatorida, yoshi ulug‘lar ham bor.

Marafonda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarga velosiped, 2-o‘rin sohiblariga televizor, 3-o‘rin sovrindorlariga mobil telefon, shuningdek, faol ishtirokchilarga ham qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Bu kabi tadbirlar Uchquduq shahri va Zafarobod qo‘rg‘onida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

 

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA