Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mustaqillik do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaydi
10:16 / 2025-08-26

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitada “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir avvalida mehmonlar qo‘mita hududidagi milliy madaniy markazlar pavilonlariga tashrif buyurib, turli millatlarning urf-odat va qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tadbirni qo‘mita raisi o‘rinbosari Bekzod Shukurov ochib berdi.  

– Mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, – dedi B.Shukurov. – Bugun dunyodagi nufuzli tashkilotlar ham O‘zbekiston tajribasini e’tirof etmoqda. Shu bois, biz oldimizga qo‘ygan eng asosiy vazifa – qo‘lga kiritilgan yutuqlarni asrab-avaylash, do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat.

Tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumot berildi. Birodar shaharlar alyansi raisi Zokir Abidov esa dunyo mamlakatlari bilan do‘stlik rishtalari tobora kengayib borayotganini qayd etdi.

Davra suhbatida ishtirokchilar mustaqillik xalqimizni birlashtiruvchi qudratli kuch ekanini, u yurtimizni yangi taraqqiyot bosqichlariga olib chiqayotganini ta’kidladilar. Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik ko‘priklarini yanada kengaytirish barchamizning umumiy vazifamiz ekaniga urg‘u berildi.

Nigora Rahmonova,

O‘zA